MIR MUHAMMAD AMIN BUXORIY

MIR MUHAMMAD AMIN BUXORIY (1645—?) — buxorolik tarixchi olim. Hayoti haqida ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Ashtarxoniylarsan Sub- honqulixon davrida saroydan chetlash- tirilgan. Keyinchalik Ubaydullaxon II saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qilgan. Ubaydullaxonning sa- farlarida hamroh bo’lib, o’z davrining Fozil kishisi sifatida tanilgan. Bu- xoro xonligining 18-a. 1-choragi tari- xiga oid «Ubaydullanoma» (1716 y.dan keyin) asarini yozgan. Asar muqaddima, 80 bob va xotimadan iborat bo’lib, unda Ubaydullaxon hukmronligi davridagi ijtimoiysiyosiy va madaniy hayot hikoya qilinadi. Buxoro xonligining dav- lat tuzumi, er egaligi, mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar (mas, 1708 y.dagi pul islohoti), Balx, Termiz, Hisori Shodmon, Shahrisabz kabi mahalliy VI- loyatlar hokimlari o’zboshimchaligiga qarshi Ubaydullaxonning olib borgan kurashi va qat’iy markazlashtirish si- yosati, pirovardida, uning o’ldirilishi asarda o’z aksini topgan. Ubaydulla- xonning o’limidan keyin Buxoroda- gi islohotlarga ham barham beril- gan. Mahalliy bek va hokimlarning o’zboshimchaligi va ay-irmachiligi kuchay- gan. Buxoro xonligining katta qismida Qo’qon xonligi tashkil topdi. Shuning- dek, asarda Abdulazizxon va uning vo- risi Subhonqulixon davri haqida ham qisqa ma’lumotlar bor. Asarda so’ngti o’rta asrlarda Buxoro xonligidagi unvon, daraja va mansablar; turkey qavmlar va urug’lar haqida Nodir ma’lu- motlar mavjud. Xotimada muallif b-n zamondosh mashhur olimlar, shoirlar (Sayido Nasafiy, Qosimxo’ja, Fitrat, Mulham), qozilar (mulla sarfaroz va b.) to’g’risida ma’lumotlar berilgan: «Ubay-dullanoma»ning Toshkent, Dushan- ba, Sankt-Peterburgda 10 dan ortiq qo’l- yozma nusxalari mavjud. Asar to’la ra- vishda A. Semyonov tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. As: Ubaydullaname, T., 1957. Ad.: Axmedov B. A., Istoriko-Geo- Graficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985.