Miozit

Miozit (Yun. myos — muskul) — skelet muskullarining yallig’lanishi. O’tkir va surunkali bo’ladi. M.ning infektsion (mas, gripp, surunkali ton- zillit, revmatizm, zaxm va b.), parazi- tar (M.ni trixinella, exinokokk va b. qo’zg’atadi), toksik (diabet, nur kasal- ligi), t-ravmatik (talaygina muskul- larning shikastlanishi va unga qon quyilishi), kasbga oid (vibrasiya va b. noxush omillardan muskullarning toliqishi) va b. xillari bor. M.da oyoq- qo’l, tana muskullari zirqirab og’riydi, harakatlanganda og’riq zo’rayadi; ba’zan muskullarda tugunchalar yuzaga keladi. Shikastlangan teri orqali infektsiya tu- shishi (xususan, ochiq shika-stlarda) yoki boshqa organlardan muskulga o’tishi Yi- ringli M.ga sabab bo’ladi. M.da, odatda, butun muskullar sistemasi zararlanadi (poliomiozit). Ba’zan muskullar b-n bir- ga teri ham shikastlanadi (dermatomio- zit). M.ning oldini olishda sovqotish, og’ir yuk ko’tarishdan saqlanish, xavfsiz- lik texnikasi qoidalariga rioya qilish, sport b-n shug’ullanish, muskul sistema- sini chiniqtirish juda muhim. Davos i . M.ga sabab bo’lgan omillar bartaraf etiladi, vitaminlar, og’riq qoldiruvchi dorilar, fizioterapiya va b. buyuriladi.