Miqdor
Miqdor (falsafada) — ob’ekt ning tashqi ko’rsatkichlari (uning kat- taligi, soni, hajmi, xossalarining rivojlanish darajasi va h.k.)ni ifoda- lovchi tushuncha. Birinchi marta M. masa- lalarini pifagorchilar taxdil qilishga urinib, sonlar tabiatini o’rganishgan. Aristotel M.ni alohida kategoriya deb hisoblagan. M. hodisalar, narsalar, jarayonlarning sifati b-n muayyan bir- likni tashkil etib, bu birlik ularning me’yori bo’ladi. Narsalarning miqdoriy muayyanligi o’zgarib ma’lum bir me’yor- ga etishi sifat o’zgarishiga olib keladi. Yana q. Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni.