MIR ALI HIRAVIY

MIR ALI HIRAVIY (?, Hirot -1557) — xattot va shoir. Xattotlik san’atini Zayniddin Mahmud va sulto- nali Mashhadiydan o’rgangan. Hirotda Sulton Husayn Mirzo va Buxoroda AB- dulazizxon (1529 y.dan) kutubxonala- rida xizmat qilgan. M.A.H. nafis xati hamda tez yoza olishi b-n zamondosh xat- totlardan ajralib turgan, uz nomiga «Sultoni» yoki «kotibi sultoni» unvo- nini qo’shib yozish huquqiga ega bo’lgan. Movarounnahrda nasta’liq xatining tarqalishida katta xizmat qilgan, ko’plab shogirdlar tayyorlagan. «Medod ul-xutut» (1520) nomli risola yozib, unda xattotlik qoidalarini bayon etgan. U ko’chirgan 30 dan ortiq qo’lyozmalar va 400 dan ortiq qit’alar bizgacha etib kelgan: nizo- miy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning «Xusrav va Shirin» dostonlari (1494, O’zfashida), Abdurahmon Jomiyning «Tuhfat ul-Ahror» (1531, O’zfashida), Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» va «Tuhfat assalovot» (1501, O’zfashida), Ansoriyning «Ilohiy- noma» (1531, O’zfashida) asarlari va b.; qitalarning 60 dan ortig’i Sankt- Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxo- nasida va bir qismi O’zFAShI fondida saqlanadi. Ad.: Murodov A., O’rta Osiyo xattot- lik san’ati tarixidan, T., 1971. Abdumajid Madraimov.