Mizansahna, mizanstsena

Mizansahna, mizanstsena (Frans. mise en scene — sahnada joylashish) — spektakl davomida (muay-Yan vaqtda) sahnada aktyorlarni joylashtirish, harakatlantirish va o’zgartirish tartibi. M. voqea ishtirokchilari harakatlarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni va asarning g’oyaviybadiiy echimini hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. M. rej. tomonidan to’g’ri hal etilsa, spek- taklda uyg’unlik, yaxlitlik hosil bo’ladi. M. orqali tomosha uslubi, janr xususi- yatlari, davr ruhi, tarixiy sharoit hamda asarning rej.lik talqini o’z ifodasini topadi. Aniq M. tanlash jarayoni ras- som ishi b-n bog’liq bo’lib, u rej. b-n birgalikda spektaklning maqbul, to’g’ri echimini topib, sahna harakati uchun sharoit yaratadi. Har bir M. aktyor to- monidan psixologik asoslangan bo’lib, tabiiy, uzviy holda ifoda etilishi lo – zim. M. rej.lik san’atida muhim o’ringa ega, rej. uslubini, mahoratini namoyish etuvchi amaliysahnaviy kompozisiya tu- ridir. Mannon Uyg’ur, Toshxo’ja Xo’jaev, Bahodir Yo’ldoshev, Mansur rav-shanov, Olimjon Salimoe kabi rej. lar M. ustalaridir. Kinoda M. teatrdagidan farqli o’laroq, kinokamera orqali mizankadr (ya’ni kadrlar montaj zanjiriga ki- ritilib, ekran yuzasida kompozisiya holatiga keltirilgan tomosha) yara- tishning dastlabki sharti bo’lib xiz- mat qiladi. Kinoda M. ishlab chiqishda rej., rassom va operator hamkorlikda faqat aktyorlarning joylashishi va harakatinigina emas, balki kinoka-me- raning harakatdagi yoki turg’un holati, ishlatilayotgan ko’zgu (ob’ektiv) turi, Su- ratga olish rakursi, erug’lik dinamikasi va b.ni hisobga oladi. M. rejissuraning eng muhim unsurlaridan bo’lib, kinoda ham filmning uslubi va janrini bel- gilovchi asosiy omildir. Muhsin Krdirov.