Mochin

Mochin (ulug’chin, Buyuk chin) qadimda Xitoyning shim. va shim.- g’arbida yashagan xalqlar nomidan kelib chiqqan joy nomi. M.ning o’rni ijti- moiysiyosiy vaziyat yoxud xalqlarning ko’chishi natijasida o’zgarib turgan. Mahmud Koshg’ariy «Devonu lug’otit turk»da 20 ona turk qabilasidan biri, yuqori Chinda istiqomat qilgan tabg’achlarni keyingi davrda «Mochin» deb atalganligini aytib o’tib, jumladan, «Chin va Mochin xalqlarining alo-hida tillari bo’lsa ham, shaharliklar tur- kiychani yaxshi biladi. Bizga yozgan xat- larini turkiy yozuv b-n yozadi», deb xabar bergan. Mahmud Koshg’ariy chizgan xari- tada M.ning 3 tomoni dengiz b-n o’ralgan bo’lib, uning Yaponiya (Jabrqa) b-n dengiz orqali ajralib turganligi ko’rsatilgan. Bundan M. deb Manjuriya hududi nazar- da tutilganligi ayon bo’ladi. Shuningdek, asarda «Rum o’lkasidan M.gacha bo’lgan turk ellari yashagan qududning uz. 5 ming farsang, eni 3 ming farsang» bo’lganligi aytilgan. 19-a.da nm.Prjevalskiy ber- gan ma’lumotga ko’ra, M.liklar Sharqiy Turkistonning qad. tub joy qabilasi bo’lib, ushbu mamlakatning Jan.-Sharqiy qismida, Xo’tandan Keriyya orqali Char- changa boradigan qad. karvon yo’lidagi Qorong’utog’etaklarida yashaganlar. 19-a. da tog’lik M.liklar 2000 ga yaqin oilani tashkil etib, ular mongoloid va evropeo- ID irqiga mansub bo’lganlar. A).:Mahmud kosh g’ari y , Devonu lug’otit turk, 1-j., T., 1960. Abduxoliq Aytboev.