Mol

Mol — xalqaro birliklar tizimi Si da modda miqdori birligi. 1971 y.da qabul qilingan. Massasi 0,012 kg ga teng bo’lgan uglerod 12S izotopi tarkibida- gi atomlar soniga teng bo’lgan tarkibiy elementlar (molekulalar, atomlar, elek- tronlar va b. bir xildagi zarralar) dan tashkil topgan modda miqdoriga teng. Har qanday moddaning bir moli bir xil sondagi tarkibiy ele-mentlardan tash- kil topgan. Bu son, odatda, Avogadro do- imiysi deb ataladi va uning tajribalar asosida aniqlangan qiymati ^=6,022- 1023 mol»‘ ga teng. Shuning uchun M. qaysi zarraga tegishli ekanligi kursa- tilishi kerak. Mas, suv molekulalari- ning bir moli deganda 6,022-1023 ta suv molekulalari tushuniladi. 6,022-1023 ta suv molekulalari tarkibida esa vodorod atomlarining 2 moli, kislorod atomla- rining 1 moli, protonlarning 10 moli, neytronlarning 8 moli va elektronlar- ning 10 moli mavjuddir. Berilgan mod- da molekulalari 1 molining massasi, odatda, shu moddaning molyar massasi deb ataladi. M. tushunchadan molekulyar fizi- ka, kimyo, termodinamika va b. sohalardan nazariy hamda amaliy hisobkitob ishla- rini bajarishda keng qo’llaniladi.