Molasslar
Molasslar (Frans. moleasse, lot. mollis — yumshoq) — burmalangan mintakalar rivojlanishining orogeny bosqichida litosfera plitalarining orasida siqilishi natijasida hosil bo’lgan tog’jinslari kompleksi. M. deyar- li da-g’al bo’lakli jinslar majmuasidan iborat. Asosan, tog’oddi va tog’etagi may- donlarida yotqizilgan bo’lib, qumtosh, alevrolit, konglomerat, gil, mergel va ohaktosh qatlamlaridan tashkil topgan. Alp tog’lari yaqinida M.ning qalinligi 2500-3000 m. Markaziy Osiyoda kayno- zoy erasiga mansub M. o’rganilib. Ular chekka (geosinklinal oblastlar) va kon- tinental turlar hamda mayda stratigra- FIK bo’limlarga ajratilgan. M. dengiz- dagi kulrang gillar, alevrolitlar va qumtoshlardan tashkil topgan quyi va kontinental konglomerat lardan tuzil- gan yuqori qismlarga bo’linadi. Ko’pincha M. tarkibiga Eva-poritlar va ko’mir yotqiziklari kiradi, quyi M.lar esa neft va gazli (mas, Kavkazda). Vulka- nik tog’jinslari bo’laklaridan tuzilgan qatlamlar vulkanogen M.lar deb yuriti- ladi.