Molguzar tog’lari
Molguzar tog’lari, Morguzar tog’lari — Turkiston tizmasining shim. etaklari (Jizzax viloyati)dagi tog’lar. Molguzor nomini tadqiqotchilar mor — ilon izi yo’l yoki marg’zor — maysazor so’zlaridan deb izohlaydilar. Tog’lar Jan.-sharkdan shim.-g’arbga yo’nalgan. Uz. 70 km. Eng baland joyi (Qizilchagat ba- landligi) 2620 m. Nur-ota tizmasidan Ilono’tti tog’yo’lagi orqali ajralgan. Shim.-Sharqiy yon bag’irlaridan boshla- nadigan ko’pgina soylarning (Zominsuv, Pishag’arsoy, Ravotsoy va b.) konus Yoyil- malari qo’shilishidan prolyuvial shleyf vujudga kelgan. Jan.-g’arbiy yon bag’ri Sangzor daryosi vodiysiga tik tushgan. Gersin burmalanishida hosil bo’lgan. M.t. silurdevon davrlarining qumtosh, slanes, ohaktosh, porfiritlaridan tash- kil topgan. Tog’larning relef xususiyat- lari ularni tashkil qilgan jinslarning litologik tarkibiga qarab turlicha shak- llarga ega. Tog’lar kuchli parchalangan. Qoyali nayzasimon cho’qqilar ko’pincha chuqur daralar, platosimon yuzalar va keng tog’bellari b-n almashib keladi. Iqlimi kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -9°, iyulniki 15° (Ko’lsoy). Yillik yog’in miqdori 440 mm. Quyi past tog’li qismida chala cho’l subtropik mintaqa 700-1200 m gacha ifodalangan. Tub jinslar kalin lyossimon yotqiziqiar b-n qoplangan. To’q bo’z tuproqlarda tur- li o’tli bug’doyiqzorlar, 1200-1800 m, ba’zan 2000 m gacha o’rtacha balandlikdagi tog’yon bag’irlarida yuvilgan jigarrang tuproqlarda butazor va siyrak archazor- lar tarqalgan. Quyi yarusda bug’doyiklar va b. boshoklilar o’sadi. 2600 m baland- likda dasht mintaqasi mavjud. M.t.ning Turkiston tizmasi b-n tutashgan joyida Zomin xalq o’rmon davlat qo’riqxonasi, Zominsoyning yuqori oqimida Zomin xalq bog’i (milliy bog’) joylashgan. Tog’lar boy rekreasiya resurelariga ega.