Molish
Molish — o’zbek musiqa bezaklaridan biri. Torli musiqa cholg’ulari (masalan, g’ijjak, rubob)da sozanda barmoqni bir pardadan ikkinchi pardaga ohangdor, ohista sirg’altirish yo’li bilan bajariladi. Yevropa musiqa bezaklari (melizmlari)dan glissandoga mos keladi.