Moraviya

Moraviya (Morava) — Chexiyada shu nom b-n atalgan tarixiy viloyat va dast- labki davlatning nomi. Qad. aqolisi — keltlar. Mil. 3-4-a.larda buerga sla- vyanlar (moravanlar va b.) kelib joylash- ganlar. 623-658 y.larda samo davlati, 9-10-a.larda Buyuk Moraviya davlati tarkibida, 1029 y.dan Prjemislovichlar mulki. 1526-1918 y.larda Gabsburglar qo’l ostida. 1918 y.dan Chexoslovakiya Re- spublikasi tarkibida. 1938-39 y.larda Germaniya tomonidan bosib olinib, «Bogemiya va Moraviya protektorati»ga kiritilgan. 1945 y. apr.—mayda ozod qilingandan so’ng Chexoslovakiya (Chexiya) tarkibiga kirgan.