Morfin

Morfin — afyun (opiy)ning aso- siy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yo’l b-n ajratib olinadi. Og’riq qoldiruvchi kuchli narkotik moddalar turkumiga ki- radi. Tibbiyotda M.ning gidroxlorid tuzi ishlatiladi. M., asosan, Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etadi: og’riq sezgisini kamaytiradi, nafas, yo’tal va qusish markazlarini susaytiradi, adashgan hamda ko’zni harakatlantiruvchi nervlar markazini qo’zg’atadi. Uni bir necha bor qabul qilinganda kishi o’rganib qolishi (morfinizm) mumkin.