Morua (Maurois) Andre
Morua (Maurois) Andre (taxallu- si; asl nomi Emil Erzog; 1885.26.7, El-byor — 1967.9.10, Parij) — Fran- suz yozuvchisi. Frantsiya akademiyasi a’- zosi (1938 y.dan). «Kamsuxan polkovnik Braml» (1918) va «sergap doktor ot- Redi» (1922) romanlarida o’zi ishtirok etgan 1jahon urushidan olgan taassu- rotlarini aks ettirgan. «Bernar Kene» (1926), «taqdir o’yinlari» (1928), «oi- laviy davra» (1932), «ona zamin» (1945) romanlari frantsuz xalqi oliy tabaqasi xayoti haqida. M. adabiytanqidiy esselari, tari- xiy shaxslar haqidagi kitob va xotira- lari b-n mashhur. U «Ariel yoki Shelli hayoti» (1923), «Bayron» (1930), «tur- Genev» (1931), «Leliya yoki Jorj Sand hayoti» (1952), «Olimpio yoki Viktor Gyugo hayoti» (1954), «uch Dyuma» (1957), «Prometey yoki Balzak hayoti» (1965) singari asarlari b-n xorijiy adabiyotda biografik roman janriga tamal toshini qo’ygan. M. bu asarlarida mashhur kishi- lar hayoti va ijtimoiy faoliyati faktla- ridan chetga chiqmagan holda ular haqida badiiylashtirilgan hujjatli roman yozish mumkinligini isbotlab berdi. M. o’z qahramonlariga bo’lgan mehrli muno- Sabatini ifodalash orqali adabiyotning insonsevarlik mohiyatining teranlashi- shiga qissa qo’shdi. M.ning «Chorshanba binafshalari» turkumidagi hikoyalari o’zbek tiliga tar- jima qilingan. As: Memuari, M., 1970.