MOSKVA O’ZBEK OPERA STUDIYASI

MOSKVA O’ZBEK OPERA STUDIYASI — o’zbek opera san’ati uchun xonanda, dirijyor, kompozitor va xor- meysterlar tayyorlovchi maktab. 1935 y. M. Krriyokubov tashabbusi va O’zbekiston hukumati qarori b-n Moskva konserva- toriyasi krshida tashkil etilgan. 1935- 37, 1939-41 va 1947-51 y.larda faoliyat kursatgan. Unda o’zbek opera va san’a- ti asoschilaridan M. Qoriyoqubov, H. Nosirova, M. Ashrafiy, milliy kom- pozitorlik maktabi birinchi vakillari M. Burhonov, S. Yudakov, xonandalar B. Mirzaev, K. Zokirov, N. Hoshimov, S. Krbulova, S. Yarashev, A. Azimov kabilar ta’lim olgan.