MOSKVA QO’ZG’OLONI
MOSKVA QO’ZG’OLONI (1382) – Oltin O’rda xoni To’xtamishning yurishi vaqtida Moskvani tashlab qochgan Zoda- gonlar va knyazlik ma’muriyati xodimla- riga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon. Kuli- kovo jangi (1380)dan so’ng, Oltin O’rda o’z mavqeini tiklash uchun To’xtamish boshchiligida rus erlariga hujum qilishga qaror qilgan. Mo’g’ullarning yaqinlashib kelaetganidan xabar topgan Moskva knyazi D. I. Donskoy ko’ngilli askarlar to’plash uchun Kostromaga jo’nagan. Shaharliklar «echesi va qo’shni qishloq deqqonlari Moskva mudofaasi- ni tashkil etishgan. Qamal paytida Mosk- valiklar Rusda 1marta o’t ochar qurolni qo’llab dushman xujumini qaytarishgan, 3 kunlik (23-26 avg.) qamaldan so’ng, To’xtamish qo’shinida bo’lgan Suzdal- Nijniy Novgorod knyazlari Vasiliy va Semyon Dmitrievichlarning xo-inligi tufayli Kremlni mo’g’ullar bosib olib, shaharni vayron qilishgan. M.q.da 24 ming kishi halok bo’lgan.