Moslashuv
Moslashuv (tilshunoslikda) — tobe (bog’liq) aloqaning bir turi bo’lib, bunda birikmaning tobe qismi o’z shakli- ni xrkim qismning shakliga moslaydi, shu b-n hokim qismga bog’lanadi. Hokim qismning shakli o’zgarishi b-n tobe qism ham ma’no jihatdan shu shaklga mos bo’lgan shaklni oladi. O’zbek tilida M. aloqasi, asosan, qaratqichqaralmish va ega-kesim aloqasida ko’rinadi va bu moslik shaxs va son jihatidan bo’ladi, ya’ni qaratqich yoki ega qaysi shaxssonni bildirsa, qaralmish yoki kesim xuddi shu shaxssonni bildiruvchi shaklda bo’ladi: men yozyapman, sen yozyapsan, u yozyapti, biz yozyapmiz, siz yozyapsiz, ular yozishyagtti. Mening ukam, sening ukang, uning uka- si… Hokim qism (qaratqich yoki ega) 3-shax- sni bildiruvchi otlardan ifodalangan- da, hokim va tobe qism sonda moslashi- shi ham, moslashmasligi ham, ya’ni hokim qism ko’plik son, tobe qism birlik son shaklida bo’lishi mumkin: sozandalar keldilar (kelishdi) yoki sozandalar kel-D i . Ega 3-shaxsdagi shaxs bildirmaydigan so’zlardan bo’lganida, ega ko’plik, kesim esa birlik shaklida qo’llanadi, ya’ni son jixatdan moslashish bo’lmaydi: gullar ochildi. Azim Hojiev.