Mosul

Mosul, al-Mavsil — Iroqning shim. qismidagi shahar. Dajla Daryo- si bo’yida. Naynova muhofazasining ma’-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). G’alla, meva, chorva mollari b-n savdo qilinadigan muhim markaz. Transport io’llari tugu- ni. To’qimachilik (muslin gazlamasi i. ch.), oziq-ovqat, ko’n-poyabzal, metallsoz- lik, tsement sa-noati korxonalari mav- jud. Un-t, tarix va b. muzeylar bor. M. yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi. M. 6-a. da vujudga kelgan. 641 y. uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbo- siylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi bo’lgan. 10— 12-a.larda turli davlatlar poytaxti. 1095-96 y.lar M.ni Saljuqiylar egal- lagan. 1261 y.da mo’g’ullar hujumiga uch- ragan. 14-a.ning 2-yarmidan Temuriylar, 1514-1918 y.lar Usmonli turk salta- nati tarkibida bo’lgan. 1920 y.dan Iroq tarkibida. M.da al-Jomi’alkabir madrasasi (minorasi b-n) (1170-72), al-Izziya ma- drasasi (12-a.), Qorasaroy qal’asi xaro- balari (13-a.) va b., shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-a.) bor.