Motam marosimlari

Motam marosimlari – kishi- ning vafoti munosabati b-n marhumning xotirasini yod etib o’tkaziladigan maro- simlar. M.m. barcha xalqlarda mavjud, u geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, kishilarning ilmiy, diniy tasav- vurlari va b. omillar ta’sirida o’zgarib borgan. M.m. marhum vafotining ma’lum kunlarida, fasl mavsumlarida hamda diniy bayramlarda o’tkaziladigan ma- rosimlarga bo’linadi. Bu marosimlarda marhumning arvohi yod etilgan, arvohni shod etish uchun turli rasmrusmlar bajo keltirilgan (q. Aza). Ibtidoiy davrlar- da , odamlar o’zlarini go’yo arvohlardan himoya qilish maqsadida tanalarini j qora yoki qizil rangga bo’yaganlar, ke- : yinchalik kiyimlari rangini o’zgar – j tirganlar (azadorlarning qora, ko’k, odmi kiyim kiyishlari shundan kelib chiqqan). O’rta Osiyo xalqdarida motam- ning 1-belgisi ovoz chiqarib yig’lashdir. Marhumning eng yaqin kishilari (ayol va erkaklar) judolik belgisi si-fatida bel bog’laydilar. Marhum dafn etilgandan keyin, uch, etti, marhum vafotining 17— 19kuni yigirma, so’ngra qirq o’tkaziladi. M.m.ning eng so’nggisi yildir. Yil marhum vafotiga bir yil to’lganda (ba’- zan oldinroq) o’tkaziladi. Motam libos- larini echadilar, oq kiyim ki-yadilar. Bu marosim Toshkent vohasida oq so- lar, Farg’ona oq kiydi deb nomlanadi. M.m.ning fasl b-n bog’liqligi: bahorda gul, kuzda qovun-uzum, qovoq oshi, qor yoqqanda qor yog’di va b. Ramazon va qurbon hayitida azador uyga qarindoshlar, mahalladoshlar kelib marhum xotira- siga fotiha o’qiganlar, azadorlardan ko’ngil so’raganlar. Endilikda ma’lum muddatda o’tkaziladigan M.m. marhum xo- tirasini yod etish mazmunidagi marosim- larga aylanib bormoqda. Kishilar marhumning tiriklik chog’ida xdyotda qoldirgan ishi, faoliya- ti, jamiyat uchun qilgan xizmatlarini taqdirlab, uning xotirasini doimo yod etadilar (yana q. Dafn marosimi).