MO’YNA SANOATI

MO’YNA SANOATI — engil sanoatning mo’ynali hayvonlar va qo’y terisini qayta ishlaydigan va turli mo’yna hamda po’stin mahsulotlari ishlab chiqariladigan tarmog’i. O’zbekistonda qadimdan mo’ynado’zlik b-n shug’ullanadigan yakka hunarmandlar tul- ki, bo’ri, bo’rsiq, quyon, suvsar terilari va oshlangan qo’y terisidan po’stin, tel- Pak va b. buyumlar tikkanlar. 19-a.ning oxiriga qadar O’zbekistonda mo’yna teri- lariga oddiy, xonaki usulda, asosan, ki- myoviy moddalar qo’llanilmay, o’simlik bo’yoqlari, mahalliy oshlovchi moddalar b-n ishlov berilgan. 20-a.ning 20-y. lar boshidan hunarmandlar artellarga birlashtirildi. Toshkent ko’n-mo’yna va Buxoro Qorako’l teri z-dlari M. s. dagi yirik korxonalardir. Toshkent ko’n- mo’yna z-Di 1956 y. charmgalanteriya bu- yumlari k-ti nomi b-n tashkil qilingan. Ayollar va bolalar paltosi, bosh kiy- imlar, astari mo’yna, avrasi gazlama bo’lgan buyumlar ishlab chiqaradi. Bu z-D Samarqand teri xom ashyosi z-didan qamda respublika go’sht k-tlaridan keltirila- digan xom ashyodan foydalanadi. Buxoro Qorako’l z-dida Qorako’l terilariga ish- lov beriladi. 1996 y.dan Namanganda sun’iy mo’yna fabrikasi (O’zbekiston- Germaniya qo’shma korxonasi) ishga tushi- rildi. Keyinchalik mo’ynali kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqaradigan ko’plab tsexlar va qo’shma, kichik korxonalar ishga tushirildi. O’zbekiston Qorako’l teri- larining ko’pgina navlari jahon ando- zalariga mos va xalqaro bozorda yuqori baholanadi. «O’zbek qorako’li» Kompani- yasi tarkibidagi xo’jaliklar va korxo- nalar Qorako’l teri etishtirish, uni osh- lash, qorako’ldan tikilgan turli kiyim- boshlar i.ch. va sotish b-n shu-g’ullanadi. O’zbekistonda 2002 y.da 685 ming (2000 y.da 743,5 ming) dona Qorako’l teri tay- yorlandi. Har yili 50 mingdan ortiq teri eksport qilinadi. Respublikada mo’ynali hayvonlar — ondatra, nutriya, Qunduz kabi mo’ynali hayvonlarni sanoat usulida boqish — darrandachilik yo’lga qo’yilgan. Ulardan olingan mo’ynalardan ustki va bosh kiy- imlar tikiladi.