MO’YNOQ TUMANI

MO’YNOQ TUMANI – Qoraqalpog’iston Respublikasining shim.dagi tuman. 1931 y. 19 sent.da tash- kil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining Jan.dagi hududlarni egal- laydi. Qorao’zak, Chimboy, Bo’zatov tu- manlari, Krzog’iston Respublikasining Oqto’ba, Qizilo’rda viloyatlari b-n chega- radosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yig’ini (Bo’zatov, Madali, Tiko’zak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Mo’ynoq) bor. Markazi — Mo’ynoq sh. Tabiati . Tuman hududining aksari qismi Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum) va Amudaryo deltasidagi kul- lardan iborat. Tumanning xo’jalik va madaniy markazi — Mo’ynoq sh. Keyingi yillarda deltadagi ilgari suv bosib yotgan ayrim erlar o’zlashtirilib, ekin- lar ekilmoqda. Qurilish materiallari- dan tosh, qum, gil bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -7,4°, iyulniki esa 26,3°. Vegetasiya davri 213 kun. Yillik o’rtacha yogin 105 mm, asosan, bahor va qishda yog’adi. Tuman- da Sudoche, Kavsir, Zokirko’l, Sariko’l, Shegekda va bir kancha mayda ko’llar bor. Amudaryoning Orolga quyilish qismi ham shu tuman hududida. Tuproklari botqoq-o’tloqi, allyuvial qayir tuprog’i. 148,3 ming ga er o’tloq va yaylov (aso- san, qamishzor). Yovvoyi o’simliklardan qamish, qo’g’a, chiy, turang’il, terak, jiy- da, yulg’un, bug’doyiq, yantoq va b. o’sadi. M. t. O’zbekistondagi hayvonot dunyosi- ga boy tumanlardan. Baliqning 30 dan ortiq turi bor (zog’orabaliq, oqmarqa, cho’rtan, laqqa, Taran, olabuga, sudak, to’rta, Burge, baqra, pilmay, Amur balig’i, yalpoqburun, chavoq, ilonbosh va b.) On- datra ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Qushlarning 80 dan ziyod turi (o’rdak, g’oz, qirg’ovul, oqqushlar, birqozon, qo’ton, qoravoy, chag’alay, churalay va b.), sut emizuvchilardan qobon, bo’ri, chiyabo’ri, bo’rsiq, quyonlar bor. Aholisi ko’p millatli. Qoraqalpoq, o’zbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, ko- reys, va b. millat vakillari yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 1 ki- shidan ko’proq. Xo’jaligi. Tumanda baliqchilik va chorvachilik xo’jaliklari mavjud. Sa- noat korxonalari Amudaryo deltasidagi Mo’ynoq, Uchsoy, Qozoqdaryo, Po’rlitov, qisman Qo’ng’irotda joylashgan. Umu- miy ekin mayd. 1323 ga. Shundan 938 ga g’alla (asosan, bug’doy, sholi), 80 ga kar- toshka, sabzavot va poliz, 305 ga maydo- ni em-xashak ekinlari b-n band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 9,6 ming qoramol, 750 ga yaqin ot bor (2003). Darrandachilik (ondatra, tulki, suvsar) b-n ham shug’ullaniladi. Tuman- ning asosiy transporta suv transporti- dir. Havo va avtomobil transportidan foydalaniladi. Qo’ng’irot — Beynov t.y. tumanni Qozog’iston va RF b-n bog’laydi. Tumandagi 13 dan ziyod umumiy ta’lim maktabida 5770 o’quvchi ta’lim oladi, Mo’y-noq sanoat transport kasb-hunar kolleji (507 o’quvchi), Mo’ynoq biznes maktabi (145 o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi (2003). 40 ga yaqin kutubxona, 20 ga yaqin klub bor. 20 dan ziyod tibbiy muassasada 40 vrach ishlamoqda.