Mozandaronlar
Mozandaronlar – Eron (Mozandaron ostoni)dagi xalq. 2,2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Eron til guruhiga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — shia musulmonlar. Tog’liq tumanlarda qabilaviy odatlar saqlangan. Yirik qabilalari: kadikulohi, palani. Hozirgi forslarga singib ketmoqda. Dehqonchilik (sholi, bugdoy), chorvachilik (qo’y, echki) bilan shug’ullanadi.