MOZORI SHARIF

MOZORI SHARIF — Afg’onistonning shim. qismidagi shahar. Balx viloyatining ma’muriy markazi. Balx vohasida. Aholisi 150 ming kishi (1990-y.lar boshlari). O’rta aerda M. Sh. o’rnida kichik Xayr qishlog’i (keyinchalik Xo’ja-xayron) bo’lgan. Naqlga ko’ra, bu erga hazrat Ali ko’milgan emish. 1481-82 y.lardauerga maqbara (fors, mozori sharif — muqaddas mozor; shahar nomi shundan) qurilgach, ziyoratgohga aylangan. M. Sh. — Baqtriya iqtisodiy- geografik r-nining yirik hunarmandchilik, savdo, sanoat shahri va transport yo’llari punkti. Mashina ta’mirlash va metallsozlik, oziq-ovqat (shakarqand, un, yog’moy), to’qimachilik (ip gazlama va shoyi), teri oshlash, pax- ta tozalash, g’isht va oyna korxonalari bor. Issiklik elektr st-yasi va azotli o’g’itlar z-Di qurilgan. Gilam to’qiladi. Hunarmandchilikda shoyi va ip gazlama, do’ppi, uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlanadi. Shaharda Qorako’l teri, jun, don, meva, yong’oq va ko’ncharm b-n savdo qilinadi. M. Sh.dan Jan-g’arbda yirik oltingugurt koni bor.