Mubolag’a, giperbola

Mubolag’a, giperbola — obrazli ifoda: adabiy asarda voqelikda mavjud va yo’q, bo’lishi dargumon shaxs, jonli va jonsiz narsa, voqea, hodisalarning nisbiylik mezonlari asosida kat- talashtirib, burttirib, lofqofli aks ettirilishi. M.li aksning bosh alomatlari hayotiylikdan chekinish, favquloddaviylik, g’ayritabiiylikdir. M.li in’ikoslar o’xshatish, istiora, si- fatlash, jonlantirish, ta’riz, tazod va b. badiiylik vositalarining muayyan da- rajadagi xizmatlari tufayli yaratiladi. M. ko’proq og’zaki va yozma adabiyotlardagi ertak, afsona, rivoyat va b. janrlarda, romantik, yumoristik, satirik usullar- da yaratilgan asarlarda uchraydi. M.larga boy asarlar g’oyat katta qiziqish, zavq- shavq b-n o’qiladi. M. vositasida yaratil- gan ijobiy obrazlar o’quvchini maf-tun etib, uning mehr-muhabbatini qozonsa, salbiylari kitobxon qalbida cheksiz g’azabu nafrat hislarini uyg’otadi. Ada- biyot nazariyasida M.ning ko’p xillari bor. Asosiylari: tablig’, ig’roq, g’uluv. Tablig’da bo’rttirilgan belgi, xususi- yatlarning haqiqatga anchayin yaqinligi sezilib turadi. Mac: «Aningdek tesha- din sakrab ushoq tosh, Ki nozir bir Yi- gochdin qochurub bosh» (Navoiy, «Farhod va Shirin»). Ig’roqda bo’rttirilgan belgi, xususiyatlar, xatti-harakatlarni uquvchi xa-yolan tasavvur eta olsa ham, ularning hayotiyligiga ishongisi kel- maydi. Mac: «bola borib-borib shun- Day kelbatli, kelishgan, baquvvat yigit bo’lib etishibdiki, bir qo’lida ho’kizni ko’tararmish, kuringan daraxtni ildiz- pildizi b-n sug’urib olib, bir joydan ikkinchi joyga ko’chira olar emish. Uning oldiga tushadigan, u b-n olishib yo Bella- shib, unga teng keladigan na odam topi- libdi, na hayvon zoti…»(«Qayroqgosh bola» ertagidan). G’uluv — be-adad M. Unda bo’rttirilgan, lofqofli in’ikos- larning hayotda borligi u yoqda tursin, bo’lishi mumkinligiga ham mutlaqo ishonib bo’lmaydi. Mac, «Alpomish» do- stonidagi «bir kam to’qson» qalmoq al- plarining qiyofalari g’uluv vositasida tasvirlangan. Hammasining «kallasi kapaday, tanasi te-paday». Birining «shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, ichida sichqonlar bolalab yotgan, izidan tushgan pishak olti oyda etgan». Ikkinchisining «odam tushmas (tushunmas)… aytgan ti- liga, besh yuz quloch arqon etmas beliga». Uchinchisi «oh ursa, olamni buzar tovu- shi, to’qson molningterisidan kovushi» vah.k. Qalmoq alplarini yuqoridagiday nohayotiy oshiribtoshirib, lofqofli tasvirlashdan asosiy maqsad Alpomish va uning do’sti Qorajon qahramonligini, kuch-qudratini badiiy tasdiqlash, is- botlashdan iborat. Murod Ibrohimov.