Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh

Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Ma- Dina) — Islom dini va birinchi Musul- monlar jamoasi asoschisi. Musulmon- lar e’tiqodiga ko’ra, Allohning oxirgi payg’ambari va uning elchisi. Shu ma’noda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Ba’zi diniy manba- larda M.ning 99 nomi keltiriladi. Is- lom ta’limotiga ko’ra, M. nomini aytgan yoki eshitgan kishi «sallalohu alayhi vasallam» (sav) yoki «alayhissalom» (as) deb salovat aytib qo’yish vojib hisoblanadi. M. orqali odamlarga KUR’- on nozil qilingan. Quraysh qabilasining Hoshimiylar urug’iga mansub, uncha boy bo’lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tug’ilgan. M.ning bolalik va o’smirlik yillari haqidagi ma’- lumotlar juda kam. M. go’dakligidayoq etim qolgan; tug’ilmasidan avval ot- asi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. M.ni o’z tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham ko’p o’tmay olamdan o’tadi. Etim bolani tar- biya qilishni amakisi Abu Tolib o’z zim- masiga oladi. 12 yoshida M. bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib M.ni 21 yoshida Huvaylid ibn As’- adning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadicha- ning savdo ishlari b-n shug’ullangan M. Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. M. 25 yoshida (595 y.) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. M.dan Xadicha 3 o’g’il (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko’rgan. Ug’illari go’dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina M. naslini da- vom ettirgan. Xadicha vafotidan so’ng M. bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand ko’rmagan. Faqat joriyasi Mori- yadan Ibrohim ismli o’g’li bo’lgan. U ham juda yoshligida olamdan o’tgan. M. 40 yoshga to’lganida o’zini boshqacha seza boshlaydi. Yolg’izlikni qo’msab, Makka yonidagi Hiro tog’ida joylashgan g’orga borib ibodat b-n mashg’ul bo’lar, o’yga tolardi. Taxm. 610 y.da M. Makka- da o’zining Xudodan vahiy olayotganligi- ni e’lon qiladi. Buni birinchilardan bo’lib Xadicha, M.ning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib hamda asrandi o’g’li Zayd ibn Horisa e’tirof etib imon keltirishgan. Ko’p o’tmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Af- fon M.ni chin payg’ambar deb tan olish- gan. M. izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. MAK- kaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuz- li Qurayshlilar esa M. ta’limotini ochikdan-ochiq dushmanlik b-n qarshi ol- gan. Buning natijasida M. tarafdorla- ridan 11 xonadon Habashiston (hoz. Efi- Opiya) ga ko’chib ketgan. M. jamoasiga ja- sur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qo’shilishi ja- moaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda Quraysh zodagonlarining M. va uning ta- rafdorlariga dushmanligi yanada kuchay- Di. 620 y.da Xadichaning, so’ngra Abu to- libning vafotidan so’ng Makkada vaziyat yomonlashadi, M. muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi an’anaviy Makka zi- yoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari M. b-n uchra- shib, sodiklik bildirishadi va yordam qilishga va’da berishadi, M.ni Yasribga ko’chib borishga da’vat qilishadi. Avval M.ning izdoshlari (ashoblar) o’z oila- lari b-n Quraysh zodagonlaridan Max- fiy ravishda guruh-guruh bo’lib ko’chadi. Oxirida M.ning o’zi Abu Bakr b-n jo’nab ketadi. 622 y.da yuz bergan bu ko’chish pay- ti (Arab, hijrat)dan musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy («Payg’ambar shax- ri») yoki qisqacha, Madina deb ataladigan bo’ldi. Madinada birinchi masjid qurildi, Islom arkon (rukn)lari ishlab chiqila boshlandi, Ka’ba qibla qilib belgilan- Di. Jamoani jipslashtirish va uni ken- gaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklar- ga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai bo’lgan savdo karvonlari ishini chippak- ka chiqardi. 624 y.da Badr quduqlari ol- dida (q. Badr jangi), 625 y.da Uhud tog’i etagida (q. Uhud jangi) janglar bo’ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaklar qazildi va u erlarga kamonchi o’qchilar joylashtiril- Di. Kutilmagandagi izg’irin, kuchli sha- mollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Nati- jada Madina qamali bekor qilindi, bu g’alaba Madina jamoasini yanada jip- slashtirish b-n birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qo’shilishiga olib keldi. Hijraning 6-yilida MAK- Kalik Quraysh zodagonlari mavjud mu- ammolarni kelishuvchilik yo’li b-n bar- taraf etish uchun M. b-n tengmateng mu- zokara olib borishga majbur bo’lishdi (q. Xudaybiya bitimi). Madinaga qarshi kurashning etakchilaridan biri bo’lgan Abu Sufyon M. tarafiga o’tdi. 630 y.da Makka M.ga jangsiz taslim bo’ldi, MAK- kaliklar M. jamoalariga qo’shildi. 631 y.da ko’p qabilalar M.ga bo’ysundi va is- lomni qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. o’z oila a’zolarini olib, Madina atroflaridagi 100 ming- dan ortiq kishi b-n Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji bo’lgan. Mana shu ziyorat Makkaning Islom dini marka- zi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O’shandan buyon o’tgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyo- rat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so’ng M. Madinada vafot etdi. Payg’ambar (as)ni o’z hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u erda qurilgan katta mas- jid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan. M.ning hayoti va tarjimai holi siy- radya, uning so’zlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom ta’limotida M. komil inson sifatida ta’riflanadi. Sunnat payg’ambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna bo’lishi kerakligi ta’kid- lanadi. Islom an’anasida M. hech qanday g’ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi pay- g’ambari ekanligi qayd etiladi. M.ning shaklu shamoillari, siyra- tu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg’ambarlardan farq etadigan xususiyatlari to’g’risida u b-n birga yur- gan, suhbatlaridan bahramand bo’lgan sahobalar hamda nikohida bo’lgan ayol- lari tomonidan nakl qilingan rivoyat- lar asosida ko’plab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning «Shamo- ili nabaviya», Muhammad Busiriyning «Qasidai burda», Abu Ja’far Barzan- jiyning «Mavlidin-Nabiy», Muhammad ibn Solihning «Muhammadiya», mav- lono Mu’inning «Siyari sharif», AK- barobodiyning «Nodirul-Me’roj», Sayyid Mahmud Taroziyning «Shi- rin kalom», «Nurul kalom», «Nurul – basar» va b. ko’plab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning «Shamo- ili Muhammadiyya» kitobi ular ichi- da qadimiyligi va rivoyatlarining sahixligi b-n ajralib turadi. Unda M.ning jismoniy va axloqiy xususiyat- lariga batafsil ta’rif berilgan. Mas, ikki kiftlari o’rtasida «Muhammadun Rasululloh» deya bitilgan muhri nubuv- vatlari bo’lgani, sochsoqollarining oqu qorasi nechta bo’lganidan tortib, kiy- im-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilichqalqonlari, salla-cho- ponlari, egan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin o’qigan duolari, suv ichishlari, xushbo’y narsalarni is- te’mol qilishlari, so’zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-Muto- yibalari, musiqa va she’riyatga munosa- batlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tib- biyotga munosabatlari, kundalik tirik- chiliklari, nomu laqablari, umrlari- ning mikdori, xastalik va va-fotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari to’g’risida alohida-alohida bob va fasl- lar orqali bayon etilgan. Jismoniy tu- zilishlari to’g’risida jumladan shunday nakl qilinadi: «ul zotning bo’ylari un- chalik novcha ham, past qam emas, bosh, qo’l, oyoq va kiftlari yo’g’on, yuzlari qizg’ish, ko’zlari katta, oqi juda oq, qorasi o’ta qora, o’tkir, sochlari quloqlarining yum- shoklaritacha yopib, elkalariga tegibteg- may turar, bo’yinlari sochlari orasidan tovlanib, go’yo kumush ko’zdek ko’rinib turar, terlasalar, marjondek terlari- dan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi bo’lsalar boshla- rinigina burib qaramay, balki butun gavdalari b-n o’girilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko’rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko’rar edilar. M.ning soyasi er uzra namoyon bo’lmas edi». Ad.: Hadis (Al-Jomi’assahih), 1-4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom at- Termiziy, Shamoili Muhammadiyya, T., 1991; Sog’uniy A., Tarixi Muhammadiy (1-2-kitob), T., 1997; Hazrati payg’ambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk Islom (1ki- tob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003. Abdulaziz Mansur.