Muhammad Xorazmshoh

Muhammad Xorazmshoh, Muhammad II Aloiddin, Aloiddin Muhammad (to’liq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin) (taxm. 1182— 1220 y. dek.) — Anushteginiylar sulolasidan bo’lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori (1200 y. 3 avg. — 1220 y. dek.). Otasi — Takash Xorazmshoh, onasi tur-kon xotun qipchoq xoni Jonkishining qizi. M. 1193 y. dek. da otasi tomonidan Nishopur sh.ga vo- liy (hokim) qilib tayinlangan 1198 y.da xalifa Nosir Takashga va uning o’g’li Qutbiddin Muhammadga sharaf libosi va Xuroson, Turkiston va Iroq ajami sultoni ekanini tasdiqlovchi manshur (yorliq) jo’natgan. Takash vafo- tidan so’ng Xorazmshohlar davlati tax- tiga Qutbiddin Muhammad o’tirdi. U ot- asining Aloiddin laqabini, keyinroq esa Sanjar (ikkinchi) nomini qabul qildi. M. davrida saltanat ham hududiy, ham kuch-qudrat jihatidan o’zining yuksak cho’qqisiga etgan. M. davrida Xorazmshohlar davlati shim.da Orol, g’arbda Kaspiy dengizigacha, Jan. da Iroq va G’aznagacha, Sharqda Ettisuvgacha kengay- gan. 1207 y.da Xurosonda va Fors Iroqida o’z mavqeini mustahkamlab olgan M. e’tiborini Movaro-unnaxrga qaratdi. Bunga sabab qoraxoniylarning so’nggi hukmdori Usmon ibn Ibrohimning qoraxitoylarga qarshi kurashda (q. Ma- lik Sanjar qo’zg’oloni) yordam so’ragani bir bahona bo’ldi. Xorazmshoh qo’shinlari qoraxitoylarning Tayangu boshliq qo’shini b-n Ilamish sahrosida to’qnashdi. Bu jangda krraxitoylar mag’lub bo’lib, Movarounnahrdan O’zgandgacha bo’lgan erlar Xorazmshoh tasarrufiga o’tdi. M. o’ziga Iskandari Soniy laqabini ham oldi va saroyda Zulqarnayn navbasi (shoh kirishi sharafiga musiqiy madhiya) ni joriy qildi. Qoraxitoylar davlati- ni tormor qilib, Sharqiy chegaralaridan xotirjam bo’lgach, Fors Iroqini, mo- zandaron, Arron, Ozarbay-jon, Shirvon, Mikron, Mingqishloq, Kesh, Sijiston, G’ur, G’azna, Bomiyonlarni zabt etib, Xin- diston chegaralarigacha etib bordi. M. Movarounnahrni butunlay egallagach, Xitoyga qo’shin tortmoqchi bo’lgan, ammo 1215 y. Chingizxonnkj Pekinni bosib olganini eshitgach, u haqida to’liq ma’lu- mot to’plash uchun Bahouddin Roziy bosh- chiligida Mo’g’ulistonga elchilar yubordi. Shu tariqa har ikki tomon bir necha Mar- ta bir-birlariga elchilar yuborib tur- ganlar. 1218 y. Chingizxonning shaxsiy vakili Uhuna boshliq 500 tuyadan ortiq elchi va savdogarlar karvoni O’trorga ki- rib keldi. O’tror hokimi Inolchiq, kar- vonni ushlab, elchilarni qatl ettirgan (q. O’tror voqeasi). M.ning davlatini yaxshi o’rgangan Chingizxon Xorazmga qaram xalqlarning noroziligidan, lashkarbo- shilar orasidagi nizolardan, M.ning onasi Turkon xo-tun qarindoshlari ora- sidan chiqqan amaldorlardan foydalani- shi hamda M.ning mo’g’ullar hujumi xa- barini eshitib amalga oshirgan noto’g’ri tadbirlari (har bir shahar o’z-o’zini himoya qshshshi; raiyatdan 1 yil uchun 3 barobar xiroj yig’ishi) sababli mu-vaffaqiyatga erishdi. Chingizxon Xo- razmga yurish qilib O’tror (1219), Buxoro va Samarqand (1220)ni bosib oldi. M. Movarounnahrni tashlab Xuroson ta- rafga qochdi. Chingizxonning 20 min-Glik qo’shinining tinimsiz ta’qib qilishi M.ga o’z kuchlarini qayta to’plab, nafa- sini rostlashga imkon bermadi. Kaspiy dengizining Ashur o.ga borib qolgan M. qattiqbetob bo’lib qoldi va umrining oxirida oldingi qarorini o’zgartirib, o’g’li Qutbiddin O’zloqshohning o’rniga Jaloliddin Manguberdini valiaxd deb e’lon qildi. O’sha orolda vafot etdi va shu erda dafn etildi. Keyinchalik Jalo- liddinning farmoyishiga ko’ra, M.ning jasadi Isfahondagi Xorazmshoxlarning xotirasiga qurilgan madrasaga ko’mish uchun Ardahn qal’asiga keltirilgan. Manba: Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy, Sulton Jaloliddin man- guberdi hayoti tafsiloti, T., 1999. Ad.: Buniyodov 3., Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998. Ne’mat Polvonov.