Muhammad Sulton Mirzo
Muhammad Sulton Mirzo (1375-1403) — temuriy Shahzoda; Amir Temurning nabirasi. Muhammad Jahongir Mirzoning to’ng’ich o’g’li. U O’zbekxonnint nabirasi Xonzoda (sevin beka) begimdan tug’ilgan. Amir Temur suyukli o’g’li Jahongir Mirzo vafoti- dan so’ng, o’zining barcha orzu-umidla- rini M. S.ga bog’lab, uni o’zidan keyin toju taxtning yagona vorisi deb bilar- Di. M.S. bobosi Amir Temurga o’xshab jasoratli, qat’iyatli, zukko, dushmanga nisbatan shafkatsiz, dovyurak jangchi edi. 1397 y. qishida Amir Temur Xi- toyga qarshi bo’lajak yurishga tayyor- garlik ko’rish chog’ida M.S.ga Ettisuvda Ashpara istehkomini qurishga va u erda dehqonchilikni rivojlantirishga Far- mon bergandi. Shu maqsadda M.S.ga 40 ming qo’shin berilgan. 1399 y. M.S. mana shu chegara istehkomidan mo’g’ullarga qarshi kurashda foydalanmoqchi bo’lgan, biroq Farg’ona hokimi Iskandar Mir- zo undan avvalroq o’zboshimchalik b-n Sharqiy Turkistonga zafarli yurish qilgan. Shu tufayli shahzodalar o’rtasida nizo tug’ilib, 1400 y. M.S. buyrug’iga ko’ra, Iskandar Samarqandga keltiri- lib, hibsga olingan, uning Otabegi va 26 navkari qatl etilgan. 1399 y. Amir Te- Mur «etti yillik» yurishga ketar ekan, Samarqand hukmronligini 23 yoshli M.S.ga topshirib ketadi. 1401 y. mart oyida Amir Temur Suriyada turib M.S.ga sobiq Hulaguxon tasarrufida bo’lgan viloyatlarni (Iroq yoki shim.-G’arbiy Eron) boshqarish haqida farmon yubora- Di. 1402 y.da Amir Temurning Boyazid I Yildirimga qarshi yurishida M.S. faol qatna-shadi. U kichik Osiyoning g’arbiy chekkasigacha boradi. U erdan qaytayotib, 1403 y. 12 martda qora Hisor mavzeida shamollab 27 yoshida vafot etadi. M.S.ni u qurgan madrasaga dafn qilishgan. Boburning ta’kidlashicha, M.S. Samarqand qal’asi Jan.da Toshqo’rg’on- Chaqarda madrasa va xonaqoh qurdirgan. M.S. vafotidan so’ng Amir Temur uning xotirasiga atab maqbara qurish haqida farmon bergan. Maqbara Madrasa hovlisining to’riga bunyod etilgan. Turg’un Fayziev