MUHAMMAD TEMUR SULTON

MUHAMMAD TEMUR SULTON (? – 1521, Samarqand) — Shayboniylar- Pan. Shayboniyxonnnj o’g’li. Shayboniy- lar Movarounnahrni egallaganlarida M.T.s.ga poytaxt Samarqand va uning VI- loyati berilgan (1501), uning o’g’li po’lod sultonga Xorazm tekkan. Balx (15O5)ni egallagan. 1505-07 y.larda M.T.s. Ubay- dulla Sulton b-n birga te-muriylardan Faridun Husayn Mirzo va uning ukase Ibn Husayn Mirzoni Raboti Dudar mav- zeida tormor etgan. 1507 y. Shayboniy- xon Hirotni olgach, M.T.s. va Ubaydulla sultonlarni Abul-Muhsin Mirzo va Ke- Pak Mirzoga qarshi Mashhadga yuborgan, ular zafar qozonishgan. Otasi Ismoil I Safaviy b-n Marv yonida jang qilganida (1510) yordamga kech qolgan. 1511 — 12 y. larda Movarounnaxr va Toshkent uchun shayboniylarning Bobur b-n bo’lgan ku- rashlarida qatnashgan. Turkiston, Sir- Daryo bo’yidagi shaharlarga egalik qilish uchun qozoq sultonlari (Qosimxon va b.) b-n kurashgan (1513 y.dan). 1511 y. martda Suyunchxo’jaxon Boburni qizil-boshlilar b-n ittifoklikda Movarounnahrga hujum qilishidan xavfsirab Chag’oniyon mulkini Maxdiy Sulton va Hamza sul- tonlardan ajratib olib, u erga M.T.e.ni jo’natgan. 1512 y. Ko’li Malik jangisa Ubaydulla Sulton, Jonibek Sulton va M.T.s.larning Birlashgan qo’shini Bobur ustidan to’liq g’alabaga erishgan. 1513 y. 11 martda Ubaydulla Sulton b-n birga- likda Marvni egallagan. M.T.s. davri- da Samarqandda obodonchilik -qurilish ishlari olib borilgan. Oliyai Xoniya ma- drasasi va M.T.s.ning xotini mehr Sul- ton xonim tomonidan qurilgan Xoniya madrasasi lojuvard va zarhal koshinlar b-n bezatilgan juda katta peshtoq b-n birlashtirilgan edi. Madrasa Su-pasida, aniqrog’i, daxmada samarqandlik shay-boniylar avlod-ajdodi dafn etilgan. Samarqandning Sharqiy qismida yangi mahalla (nav) paydo bo’lib, bu erda Samarqand zodagonlarining bog’lari joylashgan, ular orasida dil-Afro’z bog’i o’zining go’zalligi b-n ayniqsa Shuhrat qozongan edi. M.T.s. davrida Samarqandda ilm-fan, madani-yat, san’at rivojlangan, ko’plab mashhur shoir, adi- blar, tarixchilar ijod qilgan (q. Buxoro xonligi). Faxriddin Hasanov.