MUHAMMAD TUG’LOQ

MUHAMMAD TUG’LOQ (? – 1351) -Dehli sultonligi hukmdori (1325-51). Hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat hududini kengaytirgan. M.T. Dehli sh.da turib Dekanni boshqarish mumkin emasligini tushunib, shim. poy- taxt aholisini Devagiri sh.ga ko’chirib, yangi poytaxtni Davlatobod deb ata- gan. Lekin bu b-n mamlakatdagi sepa- ratik harakatni to’xtata olmagan, Jan. Hindiston, dekan, Bengaliya Dehli sul- tonligidan ajralib chiqqan. M.T.ning iqtisodiy tadbirlari: soliqlarning keskin oshishi (dehqonlar qishloklarni tashlab ketishgan, natijada dalalar ishlovsiz qolgan), davlat xazinasini to’ldirish uchun qiymati past tangalar- ning joriy qilinishi va b. mamlakat xo’jaligining barbod bo’lishiga olib kelgan. M.T. o’z davrining o’qimishli ki- shilaridan bo’lib, astronomiya, falsafa, matematika va b. fanlardan xabardor bo’lgan, fors tilida she’rlar yozgan.