Muhandis

Muhandis – (fransuzcha: ingenieur-qobiliyat, zukkolik) muhandis faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassis. Muhandislar, qoida tariqasida, muhandislik predmeti bo’lgan texnik qurilmalarning barcha hayot aylanish jarayonlarida, shu jumladan, rejalashtirish, loyihalash, qurish va hokazolarda ishtirok etadilar. Masalan: geodeziya muhandisi, gidrotexnik muhandis, bosh muhandis, yo’l quruvchi muhandis, yaratuvchi muhandis, maslahatchi muhandis, kon muhandisi, melioratsiya muhandisi, loyihachi muhandis, binokor muhandis va hokazolar.