Mulla
Mulla-XIII asrdan boshlab dindorlar va ilohiyotchi olimlar, murabbiylar va muallimlarning obro’yi va ta’siri ancha kuchayadi. Ularni hurmat bilan xalq orasida mavlono deyishgan. Arab tilida u janob, janobimiz degan ma’noni anglatgan. O’rta asrlarda bu unvon juda kam uchragan bo’lsa-da, XVII asrdan boshlab keng tarqala boshlaydi. Asosan mavlono so’zini nomga qo’shib aytish lozim bo’lgan. Vaqtlar o’tishi bilan mavlono so’zini ismga qo’shib aytish qiyin bo’lgani uchun uning shakli o’zgartirilib mulla deb yuritilgan. O’rta Osiyoda diniy ilmdan xabardor va o’qimishli, Qur’oni Karimni yaxshi bilgan zotlar ismiga mavlono o’rniga mulla so’zini qo’shib ishlatganlar. Shu-shu mulla so’zi keng qo’llanilib ketgan. Demak, mulla – bu madrasada tehsil olgan, diniy ilmga ega bo’lgan ma’lumotli kishilar, din arboblari va ulamolari demakdir.