Munda tillari

Munda tillari — avstraloo- siyo tillari oilasining g’arbiy guruhi. Hindistonning Sharqiy va g’arbiy hududida (asosan, Bihar, G’arbiy Ben- Galiya, Orissa Shtatlarida) tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 9 mln. kishidan ortiq. Santali — M.t. ichida eng ko’p kishi so’zlashadigan til (5,5 mln. dan ortiq). M.t. 17 ta deb taxmin Kili- nadi, lekin ular hanuz to’la tasnif etil- magan. Shim. va markaziyjan. Guruxlarga bo’linadi. Bir qator fonetik (jarangli va ja- rangeiz undoshlarning, nafasli va nafas ishtirokisiz undoshlarning o’zaro qarshi qo’yilishi, o’ziga xos burun undoshlari- ning mavjudligi, ba’zi undoshlarning so’z boshida uchramasligi) va grammatik (so’z o’zgarishi va so’z yasalishida prefix va infikslarning faolligi, reduplika- tsiya, o’zaklarni qo’shish usullari borligi, gapda bo’laklarning alohida tartib b-n joylashishi) xususiyatlari b-n shu oila- dagi boshqa guruh tillaridan ajralib turadi. Ko’pchilik M.t. uchun lotin alifbosi asosidagi yozuv mavjud bo’lsada, u che- klangan qolda qo’llanady. Bu tillar uchun devanagari yozuvi asosida qo’shimcha bel- gilar qo’shib yaratilgan alifbo ham bi- ronbir muvaffaqiyat qozonmagan.