Muqom

Muqom (maqom so’zidan) — uyg’ur mumtoz musiqasining asosiy janri. Rok, Chabbiyat, Mushovirak, Charigyah (Chorgoh), Panjigyax, O’zhol (Uzzol), Ajam, Ushshak, Bayot, Nava, Sigyah va Iroq deb nomla- nuvchi 19-a.da shakl topgan 12 M. turku- mi mavjud. M.larning har biri muayyan mavzu b-n bog’liq cholg’u, ashula va raqs kuylari turkumidan iborat yirik shak- ldagi asarlardir. Har bir M. o’ziga xos pardada ijro etilib, muqom boshi, cho’ng nag’ma, Doston nag’ma (Doston marg’uli b-n) vamashrap nag’ma qismlaridan tash- kil topgan. M. boshi va cho’ng nag’madagi ashula yo’llari, asosan, mumtoz (Navo- iy, Zaliliy, Nozimiy, Huvaydo, mash- rab va b.) sho-irlarning g’azallari b-n aytiladi. Doston nag’malarning ashula yo’llari uy-G’ur dostonlari qo’shiklariga hamohang bo’lib, uyg’ur xalq lirik-epik asarlari matnlari b-n ijro etiladi. Mashrap nag’malarning kuy-ohanglari to’ysayil, davra (mashrap)larda ijro etiladigan raqsbop qo’shiklardan ibo- rat. M.lar ijrosida Hofiz (M.boshi), ashulachi va sozandalar guruhi (qolgan qismlarda) hamda raqqosalar guruhi (Mashrap nag’ma) qatnashadi, asosan, tanbur, Sato, dutor, rubob, chang, dap (do-ira), nay kabi musiqa cholg’u asboblari- dan foydalaniladi. Uyg’ur 12 M.ining Do’lan, Qashqar, Turfon, Xo’tan, Ili M.lari kabi mahalliy turlari mavjud. Ular bir-biridan parda tuzilmalari, kuy-ohanglari, ichki tarkibi b-n Far- klanadi. M.larning bizgacha etib keli- shida Halim va Salim (19-a.), Muhammad Ahmad Boqi o’g’li (oxunim Korushong, 1849-1926), Turdi Oxun (1881-1956), Ro’zi tanburlarning xizmati katta. Tur- Di Oxun rahbarligidagi M. chilar ij- rosida 1951-54 y. lari Sharqiy Turki- ston (Sintszyan)da 12 Mlarning Qashqar varianti yozib olingan va Pekinda nota yozuvida nashr etilgan. O’zbekiston tele- radiosida Ro’zi tanburning shogird- lari M. Hasanov, N.Nosirov, Q.Rozi (Muhammedov), F. Qodirxo’jaev, S. Roza- movlardan 12 M.larning ili variant yozib olingan (1968-72) va grammpla- stinkada chiqarilgan. Uyg’ur M.larini A.Hoshimov tadqiq etib kelgan.