MUHAMMAD AMIN INOQ MADRASASI

MUHAMMAD AMIN INOQ MADRASASI — Xivadagi me’moriy Yodgor- lik (18-a.). Muhammad Amin inoq tomo- nidan qurdirilgan. Ichan qal’a markazi- da joylashgan. Muhammad Amin inok, va uning o’g’li shu madrasaga dafn qilingan deb taxmin qilinadi. Madrasa bosh tarzi maydonga qaragan. Jan. peshtok- dan 3 gumbazli miyonsaroy orqali to’g’ri to’rtburchak tarxli hovliga (25,4×24 m) kiriladi. Hovli atrofida bir qavatli hujralar va qarama-qarshi joylashgan 2 ayvon bor. Hovlining kesik burchakla- ridan hujraga kirish uchun tor yo’laklar ishlangan. Miyonsaroy O’rta Osiyo mum- toz me’morligiga xos bo’lmagan tarzda ishlangan. Uning gumbazlari o’zaro ra- voklar orqali bog’langan. G’arbdagisi kengroq hajmda bo’lib, ayvon vazifasi- ni o’tagan. Unga masjidning gumbazli zali tutashgan. Peshtoqining 2 qanotida 1 qavatli, 2 qatorli hujralar va burcha- klarida guldastalar, darsxona va masjid joylashgan.