MUHAMMAD AMIN INOQ

MUHAMMAD AMIN INOQ (taxm. 1730-1790. 14.4) — Xiva xon- ligini idora qilgan Qo’ng’irot sulolasi asoschisi. Inoqlardan. M.A.i. 1761 y. inoklik lavozimiga ko’tarilgan. Tur- kmanlarning yovmut va chovdur kabilala- riga qarshi kurash olib borgan, lekin mu-vaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xo- razmni butunlay egallab olgan yovmut- lar Xiva taxtiga G’oyibxonning o’g’li Jahongirxonni ko’targanlar. Uning dav- rida (1769-70) besh qal’a (Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shohobod)da ochar- chilik va vabo tarqalib o’zbeklar Orol va Buxoroga ketganlar. 1770 y. M. A.i. Buxo- rodan qaytib kelib yovmutlarni Xorazm- dan quvg’in qilgan, taxtga Abulxayrxon- ning o’g’li Bo’lakayxonni o’tqazgan. M.A.i. xon avlodidan bo’lmagani uchun taxtga qo’g’irchoq xonlarni o’tqazib, hokimiyatni ular nomidan boshqara boshlagan. M.A.i. 20 yil mobaynida 13 marta Xiva xoni- ni almashtirgan. Xorazmlik tarixchilar (Munis, Ogahiy, Bayoniy va b.) M.A.i. xususida ancha iliq fikr biddirganlar. M.A.i. davrida Xiva sh.da Muhammad Amin inoq madrasasi qurildi (1765), shaharning Nodirshoh bosqinida vayron bo’lgan devori va darvozalari qayta ti- klandi (1785), Xivaning jome masjidi qayta qurilib, uning yonida chiroyli mi- Nora qad ko’targan (1789). Ad.: Kamolov S. K., Karakalpaki v XVIII-XIX vv., T., 1968; Yo’ldoshev M. I., Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; Xudoyber- ganov K., Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.