Muhammad Ali

Muhammad Ali (1769, Kava- la sh., Makedoniya — 1849.2.8, Iskan- Dariya) — Misr hukmdori (podshosi) (1805— 49). 1952 y. iyul inqilobigacha hukmronlik qilgan sulola asoschisi, asli alban, yanicharlardan. M.A. tama- ki sotish b-n shug’ullangan, 45 yoshida o’qishni o’rgangan. 1799-1801 y.larda turk armiyasi tarkibidagi alban otryadi- ga boshchilik qilib, Misrdagi Turkiya— Frantsiya urutshida qatnashgan. Umar Ma- Kram boshchiligidagi Qohira musulmon ulamolariga tayanib hokimiyatni egalla- gan (1805). M.A. dastlab Umar Makram- ni qatl etgan, so’ngra mamluk beklari- ni qirib tashlab, nomigagina Turkiyaga tobe, aslida Misrning yakka hokimiga aylangan. Muntazam armiya tuzib, uning yordamida Arabiston ya.o. (1811-18), Sharqiy Sudan (1820-22)ni bosib olgan, Grek mshtliy ozodlik inqilobini bo- stirishda qatnashgan (1824-28), Turkiya sultoniga qarshi urushlar olib borgan (1831-33 va 1839-40). Xarajatlarni qoplash maqsadida vaqf, mamluklar va ijaradorlarning erlarini davlat IX- tiyoriga tortib olgan. 1829 y.dan erlar- ni o’z yaqinlariga bo’lib bera boshlagan. M.A. ma’muriy idoralarni qaytadan tashkil etgan, q.x., sanoatni rivojlan- tirish tadbirlarini ko’rgan. Bu ishlarni amalga oshirishda chet el, asosan, Fran- suz mutaxassislariga tayangan. Uning davrida tashqi savdo rivojlangan; bir necha dunyoviy maktablar ochgan. Misr yosh- larini chet ellarga o’qishga yuborgan.