MUHAMMAD AMIN BUXORIY

MUHAMMAD AMIN BUXORIY, Muhammad Amin ibn Mirza Muhammad Zamon Buxoriy So’fiyoniy (17-a.) — buxorolik tarixchi olim. Buxoro sh.ning So’fiyon mahallasidan bo’lgan, Hayoti to’g’risida ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Taxm. 60 yoshida «muhit attavorix» — «tarixlar okeani» (1700) asarini yozgan. Asar 10 bobdan iborat bo’lib, uning keyingi boblari somo- niylar va Ashtarxoniylar davrini o’z ichiga oladi. Asarda olimlar, xattotlar va naqkrshlar haqida noyob ma’lumot- lar mavjud. Ayniqsa, sub-honqulixon (xukmronligi: 1681 — 1702) davrida yuz bergan siyosiy voqealar. Buxoroda- gi Markaziy hokimiyatga bo’ysunishni xohlamagan Balx viloyati ustiga yurish- lar, Xiva xonining Qorako’l, Karmana, Vardonzega bosqinlari tasviriga katta o’rin ajratilgan. Bu asar u b-n taxm. Bir paytda yozilgan Muhammad Yusuf Mun- shiynit «tarixi Muqimxoniy» va Mir Muhammad Amin Buxoriynchnt «Ubay- dullanoma» asarlari b-n birgalikda ash- tarxoniylar davrini yoritishda mu-xim manba hisoblanadi. Asarning Toshkent, Sankt-Peterburg, Parijda qo’lyozma nus- xalari mavjud. Ad.: Hamroev U., Muhammad Amin Bu- xoriy, T., 1970.