Muqovasozlik
Muqovasozlik, muqovachilik, sahhoflik — kitob, jurnal va b.ni muqovalash kasbi; matbaa jarayonlari- dan biri. Muqovalash kitob blokini ishlash (juzlangan daftarlarni tikish, elimlash, presslash, uch tomonidan tekis- lab kesish), muqova g’ilofini tayyorlash (g’ilofni yig’ish, ungatasvir va matnni tushirish) va muqovani kitob bloki b-n biriktirish kabi jarayonlardan iborat. Bu jarayonlar potok liniyalarda mashina- lar yordamida amalga oshiriladi. M. qad. soha bo’lib uning yuzaga kelishi yozuv va qog’ozning ixtiro qilinishi b-n bog’liq. O’rta Sharqda o’rama qo’lyozmalar o’rnini kodeks (ya’ni alo-hida juzlangan va muqovalangan) qo’lyozmalar egallashi b-n bog’liq xrlda rivojlangan. Islom dinigacha bo’lgan tarixiy manbalarga ko’ra muqovaga qimmatbaho xom ashyolar (charm, parcha, shoyi, javohirlar) ishla- tilgan. O’rta Osiyo uchun namuna vazifasi- ni o’tagan muqovali Arab kitoblari (7— 11-a.lar) qat’iy ko’rinishga ega bo’lib, bosma usulida oddiy xandasiy naqshlar b-n bezatilgan. Sharada eng qimmatli qo’lyozma kitoblarga qo’shimcha qopqoqli charm muqova ham ishlangan. G’arb qo’lyozma kitoblariga esa alohida qulf vazifasi- ni o’tovchi ilgak-bezak sifatida yaratil- gan. Ayrim muqovalarda kitobni, yozuvni ulug’lovchi she’riy parchalar zarb etil- gan. 16-a.da Vizantiya muqovalari Sharq va G’arbda umumiy bo’lgan turunj (meda- lon) mujassamotli muqova uchun namuna vazifasini o’tagan. Mo’g’ullar istilo- sidan keyin Temuriylar hukmronligi davrida M. rivojlandi, muqovani bezash usuli yanada takomillashdi, 15-16-a.lar- da yuksak darajaga ko’tarildi: turunjli mujassamotlar nafis naqsh bezagi, o’yma guli hamda bo’yoqlarining uyg’unligi b-n boyitildi; bo’yama o’simliksimon naqshli muqovalar yuzaga keldi, ular yorqin bo’yoqlarda ishlanib, lok b-n jilo beril- Di. Bu ko’rinishdagi muqova barcha tari- xiy, badiiy adabiyotlar muqovalarida o’z ifodasini topgan. 15-16-a.larda jidd naqshlari ustiga oltinkumush yugur- tirilgan. Bu davrda yaratilgan ajoyib charm muqovalar (jumladan, Alisher na- voiy devon va dostonlari qo’lyozmalariga ishlangan charm muqovalar) O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida mavjud. 18-19-a.lar O’rta Osiyo M.ida qo’lyozmalar muqovasi ikki qalin kar- ton qopqoq hamda tekis tubdan (ba’- zan quyi qopqoqqa biriktirilgan va qo’lyozmani tashqi ta’sirdan saqlovchi qo’shimcha qopqoqsan) tuzilgan. Muqo- vaning g’ilofini tayyorlashda turli (qo’y, echki, ot, eshak va b.) teri qoplamalardan foydalanilgan, ular rangdorligi b-n ajralib turgan. 17-a., ayniqsa, 18-a. da Buxoro, Qo’qon xonligida M.da ara- lash muqo-valar (charmdan qopqoqning yon tomonlarini birlashtiruvchi adip sifatida foydalanilgan), Xiva xonli- gida qora rangli sipo charm muqovalar, shuningdek yarim charm muqovalar ham keng ishlatilgan. Bu soxada ijod etgan ko’plab sahhoflar nomi saqlanib qolgan. Muqova qoplamasi uchun sirti loklangan o’simliksimon naqshli papemashe (mag’zi soxta), guldor mato, ayrim hollardagina yog’och (chinor), quyma kumushdan (mo»tabar kitoblar, mas, Qur’-onda) foydala- nilgan. Muqovaga kitob nomi yozilma- gan, ularga naqshli bezak (vertikal o’q bo’ylab joylashtirilgan turunjlar- ning turlicha mujassamoti) va soda aylanma chiziqli hoshiyalar ifodalilik baxsh etgan. Muqovalardagi «Lola» naqsh orasiga usta nomi va yaratilish tarixi bitilgan. Rasmlar bosma usulida ba- jarilgan yoki tasvir yaratilib ustidan lok yuritilgan. Buxoroda zardo’zlik b-n bezatilgan muqovalar ham uchraydi. 19- a. oxiri —20-a. boshlarida qo’qonlik muqovasozlarning ishlari mashhur bo’lgan: ustalar misdan o’ziga xos bezakli maxsus shaklli «muhr» qoliplar tayyorla- gan; muqo-va qopqog’i va muqovaning ichki tomoni ham shu qoliplarda bezatilgan, qopqoq sirti muqova qopqog’ining bezak shakliga moslab tuzilgan. Forzasning jimjimador «buta», o’simliksimon va handasiy naqshlari «abrbandi» usulida bezatilib, ba’zan forzaslar bezagida muqova bezagidagi hoshiyalar takrorlan- gan. M. ishi 1930 – y.largacha hunarmandlik usulida davom etgan. Shu usulda tayyor- langan Navoiy asarlari va b. qo’lyozma kitoblar hozirgacha saqlangan. Kitobat san’atinp qayta tiklashga bo’lgan uri- nishlar samarali yakunlandi: 70-80-y. larda qo’lyozma kitob yaratish an’anasi, shu jumladan, muqova, muqova bezagi, an’anaviy M. ham qayta tiklandi. Abdumajid Madraimov.