Mutlaq huquq

Mutlaq huquq — intellectual mulk ob’ektiga nisbatan uning egasiga tegishli bo’lgan mulkiy huquqlar maj- mui. M.h. egasi intellektual mulk ob’- ektidan o’z xohishiga ko’ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanishga haqli. Ushbu ob’- ektdan boshqa shaxslarning foydalani- shiga huquq egasining roziligi b-n yo’l qo’yiladi. M. h. egasi bu huquqni boshqa shaxsga to’liq yoki qisman o’tkazishga, in- tellektual mulk ob’ektidan boshqa shax- Sning foydalanishiga ruxsat berishga va qonun doirasida uni boshqacha tarzda ta- sarruf etishga haqli. M.h. sanoat mulki ob’ektlari, selektsiya yutuqlari bo’yicha patent orqali tovar belgilariga, xizmat ko’rsatish belgilari bo’yicha guvoh-noma orqali, firma nomiga nisbatan dalolat- noma orqali rasmiylashtiriladi. Mu- alliflik va turdosh huquq ob’ektlari, kompyuter dasturlariga nisbatan esa M.h.lar muallifga (ish beruvchiga yoxud buyurtmachiga) asar yaratilishi fakti asosida tegishli bo’ladi. M.x.larning amal qilish muddati qonunlarda belgi- lab qo’yiladi (mas, ixtiroga nisbatan patent 20 yil, badiiy asarga nisbatan muallifning butun hayoti va uning va- fotidan keyin 50 yil davomida amal qiladi va h.k.). M.h. universal vorislik (mas, meros tartibida) yoki shartnoma asosida boshqa shaxslarga o’tkazilishi mumkin. M.h. b-n bog’liq masalalar O’zR Fuqarolik kodeksining 1034—1040mod- dalarida belgilab qo’yilgan. Omon Oqyulov.