MUXALLIS
MUXALLIS (Serophularia integrifolia) — sigirquyruqdoshlar oilasiga man- sub ko’p yillik o’t. Poyasi bir nechta. Har bir poya ro’vaksimon to’pgul b-n tugaydi. Bargi oddiy, cho’ziq yoki tuxumsimon, cheti qirqilgan. Guli ikki jinsli, qizg’ish- yashil, kosachasi 5 bo’lakli. Iyun— AV- gustda gullab, meva beradi. O’rta Osi- yoning tog’li r-nlarida 8 turi uchraydi. O’zbekistonning hamma tog’li r-nlarida chag’irtoshli qoyalarda o’sadi. Ayrim tur- lari gulshiraga boy. Manzarali turlari ham bor.