Muxammas

Muxammas (Arab. — beshlik) — Sharq she’riyatidagi she’riy shak- llardan, qofiyalanish tartibiga ko’ra tuzilgan she’r. M.ning har bir bandi 5 misradan iborat bo’lib, a—a—a—a—a, b—b—b—b—a, v—v—v—v—a, ba’zan esa a—a—a—a—a, b—b—b—a—a tar- zida qofiyalanadi. Bandlarning oxi- rida shoirtaxallusi keltiriladi. M. 1bandining 5misrasida qofiya sifati- da qo’llangan so’z shu misra bo’ylab 2-3 marta takrorlanadigan namunalari ham uchraydi (mas, dilkash, Komil Xoraz- miy, Feruz, Muazzamxon va b. ijodida). M.ning 2 turi bor: tab’i xud (mustaqil) va tazmin (taxmis). Birinchisida bar – cha beshlik mieralar bir muallifniki, ikkinchisi (taxmis)da ijodkor bironta ustoz, zamondosh shoir yoxud o’z g’azallari baytlarining har birini beshlik band- larga aylantiradi. Ikki shoir misra- lari payvandidan iborat she’r paydo qilinadi. G’azalning har bir bayti ol- didan o’zining uch misrasini qo’shadi. M. shoir uchun fikr-kechinmalarini chuqurroq ifodalash, bo-shqa shoirlar b-n musobaqalashish, kuch sinash, bahslashuv vositasi bo’lgan. M.ning o’zbek she’riyatidagi ilk na- munalari Hofiz Xorazmiy va Gadoiy devonlarida uchraydi. Navoiy davrida uning tazmin namunalari yaratilgan. M. navislik, ayniqsa 17-a.dan boshlab tez rivojlangan. Mashrab, Vafoiy, Uvay- siy, Nodira, Mahzuna, Munis, Furqat, Xiromiy, Muqimiy va b. shoirlar mum- toz M.lar yaratganlar. M. 20-a. she’riyati- da ham an’ana sifatida davom etdi. Mas, Sobir Abdulla, Char-xiy kabi shoirlar boshka shoirlarning g’azallariga M.lar bog’laganlar.