Muxammas
Muxammas (musiqada) – 1) O’rta asr Sharq musiqa nazariyasida iyqo dav- ra (usul)laridan biri; 2) shashmakrm va Xorazm maqomlari turkumlarining cholg’u bo’limlaridan o’rin olgan asosiy qismlardan biri. M.larning doyra usu- li davomli va murakkab bo’lib, 2/4 yoki 4/4 o’lchovida 16 taktni tashkil etadi. Shashmaqom tarkibida 16 M., Xorazm maqomlari tarkibida 10 M. mavjud. Barcha M.larda bozgo’y va xonalar hajmi teng keladi. Usuli 5 ritmik bo’laklardan tashkil topgani uchun (mas, Xorazmda 4+3+2+3+4) M. nomini olgan bo’lsa ke- rak. Kompozitor M. Mahmudov an’ana- viy musiqa ijodiyoti qonuniyatlaridan unumli foydalanib kamer orkestr uchun 2 qismli «muxammas va Ufar» 1, 2, 3 asarlarini yaratdi.