Muxatov Veli

Muxatov Veli (Velimuhammad) [1916.22.4 (5.5), hoz. Ashxobod tumani] — turkman kompozitori, milliy kom- pozitorlik maktabi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1951). Turkmaniston kompozitorlar uyushmasi raisi (1954-59). Ashxobod konservatoriyasini prof. (1987). Ijo- dida turkman xalq musiqa merosiga xos kuy-ohanglardan keng foydalanib, ular- ni professional mahorat b-n zamonaviy ifoda vositalari yordamida qayta ishla- gan. «Turkmancha syuita» (1950), «mening Vatanim» simfonik poemasi (1951), «Mahtumquli xotirasiga» simfoni- yasi (1974), «qonli ayirgich nihoyasi» operasi (1967) kabi yirik asarlar, shu- ningdek, xalq chol-g’ulari orkestri uchun poema, qo’shiq va romanslar, badiiy va hujjatli filmlar uchun musiqalar yaratgan. Mahtumquli nomidagi Turkma- niston Davlat mukofoti sovrindori (1972).