Muxtorov Abdurahim
Muxtorov Abdurahim (1931.1.1, Samarqand) — kulol, mayda shakllar ustasi. O’zbekiston Respublikasi san’- at arbobi (1998). Usta U. Jo’raqulovdan hunar o’rgangan. 1962 y. dan mustaqil ishlaydi. M. Samarqand kulolligi (may- da haykaltaroshlik)da mavzuli kompozi- tsiyalar yo’nalishiga asos soldi. Ijodida xalq an’analarini rivojlantirgan. M. ning asarlarida xalq og’zaki ijodiga xos jo’shqinlik, beg’ubor hazil ruhi o’z aksi- ni topgan. Terrakota usulida kundalik maishiy hayot, xalq og’zaki ijodi man- zaralari aks etgan milliy o’yinchoqlar (odamlar, hayvonlar va b.) yaratadi: «choy- xonachi», «beshik», «bozorda», «Farhod va Shirin», «uloq», «Xo’ja Nasriddin», «Tuya va bo’taloq», «mash-shoq va qiz», «Ota» va b. 1982 y.dan Samarqand sh. o’quvchilar uyida kulollik to’garagini boshqaradi. Ko’plab shogirdlar tayyorladi. M. asar- lari b-n respublika va chet mamlakatlar ko’rgazmalari (Yaponiya, Germaniya, Shvey- tsariya, Moskva va b.)da ishtirok etadi; asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.