Muzaffar

Muzaffar (1819 — Buxoro — 1885) — Buxoro amiri (1860.23.9 — 1885.13.12). Manttlardan Nasrullaxon- ning o’g’li. Otasi davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulla va- fotidan so’ng, Buxoro taxtiga o’tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga kaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Marka- ziy hokimiyatga bo’ysunishni istamayot- gan Hisor, Shaxrisabz, Darvoz, Ko’lob, Baljuvon bekliklari va Qo’qon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini engdi (1863-65). Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qo’krn xoni Xudo- Yorxon Buxoroga qochib kelganida xon- lik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). M.ning hukmronlik davri Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga to’gri keladi. Rossiya b-n bo’lgan kelishmovchiliklarni tinch yo’l b-n bartaraf etishdan umidini uz- may, u Najmiddinxo’ja boshliq elchi- larni Peterburgga jo’natdi (1865 y. iyul). Birok., ko’zlangan maqsadga eri- shilmay, ikki o’rtada harbiy harakatlar boshlandi. M. qo’shini b-n general Roma- novskiy boshchiligidagi Rossiya qarbiy kuchlari o’rtasidagi dastlabki to’qna- shuv Jizzax b-n O’ratepa o’rtasidagi Erjar (Maydayulg’un)da bo’lib, unda Buxoro qo’shini mag’lubiyatga uchragan (1866.8.05). M. mufti Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afg’oniston va Hindiston orqali yordam so’rab istan- bulga yuborsa ham, rad javobini olgan.. 1868 y. 2-3 iyunda Zirabuloq jangiaya mag’lubiyatga uchragach, 1868 y. 23 iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya—Buxo- ro sulh shartnomasiga ko’ra, Buxoro Amir- ligi Rossiyaga tobe bulib qolgan. O’g’li va valiaxd Abdulmalik (katta tura) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shaxrisabz va kitobda qo’zg’olon ko’targanda M. rus qo’shinlari yordamida uni bostirgan (1870). M. davrida Buxo- ro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi b-n bir qatorda agialarning ta’siri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan M. faoli- yati Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim so- miy Bustoniy, Mirzo Salimbek, S. Ay- niy, Fitrat kabi buxorolik tarixchilar asarlarida o’zining talqinini topgan. Ad.: Mirza Abdalazim Sami,Tarix-i salatin-i mangitiyya, M., 1962; traktat Axmad Danisha, Istoriya mangitskoy Di- nastii, Dushanbe, 1967; Ai ni S, isto- riya mangitskix Emirov [Sobranie sochi- neniy, t. 6 (v 6 tomax)], M., 1975; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992. Qahramon Rajabov.