Muzalar

Muzalar (Yun. musa) — 1) yunon mi- fologiyasida san’at, fan va poeziya ma’- budalari, Zevs va Mnemosinaning 9 qizi. Antik shoirlardan Gesiod (mil. AV. 7-a.) 9 Muzani eslatib o’tadi. Xususan, Klio — tarix, Evterpa — lirik poeziya, Taliya — komediya, Melpomena — t-ragediya, Terpsixora — o’yin, Erato — muhabbat lirikasi, Poligimniya — gimnlar, ura- niya — astronomiya, Kalliopa muzalar va Musey torli cholg’u asboblar bilan (at- tika am-forasidagi surat, mil. AV. taxm. 440 y.). — epos ma’budalaridir. Parnas va Gelikan tog’lari M.ning yoktirgan joylari hisoblangan. M.ning rahbari Apollon bo’lgan. M.ning ayrim nom- lari key-inchalik san’atning turli ko’rinishlarida sinonim sifatida qo’llanila boshlangan. M. obrazlari antik va Evropa tasviriy san’atida (S. Bottichelli, Ya.Tintoretto va b. asar- larida) o’z ifodasini topgan. 2) Kuchma ma’noda M. — Ilhom parilari. M. shoir va san’atkorlarga Ilhom beradi deb hisoblangan.