Muzaffar Mirzo

Muzaffar Mirzo, Muzaffar Husayn Mirzo (1473-1509) -Husayn Boyqaronpnt 6-o’g’li. Onasi — Xadi- cha begimdir. M. M. tabiatan xudbin, o’jar vatantiqedi. Xadichabegim M. M.ni valiahd etib tayinlashga uringan. Biroqudumga ko’ra, valiaxdlik Sulton- ning katta o’g’li Badiuzzamon Mirzoning haqqi edi. Sevikli xotini Xadicha begim ta’siriga tushib qolgan Sulton M. M.ni ko’proq suyardi. Sultonning bu harakati boshqa o’g’illariga yoqmas, natijada ular doim otalariga qarshi harakatda bo’lardilar. 1497 y. Husayn Boyqaro M. M.ga eng boy va ma’mur As-trobod vilo- yatini in’om qiladi. 1506 y. may oyida Husayn Boyqaro Shayboniyxonga qarshi yo’lga chiqib, bobo ilohiy mavzeida vafot etadi. Xadicha begimning Iroda- si b-n mamlakat taxtiga Badiuzzamon Mirzo va M.M.lar o’tiradi. Mamlakatda qo’sh x,ukmdorlik vujudga keladi. Har 2 Shahzoda o’z taxt-gohini Hirotning 2 chek- kasiga quradi. 1507 y. Muhammad Shaybo- niyxon Xurosonga kirib, 1jangdayoq har 2 Shahzodaning qo’shinini tormor etib Hirotni egallaydi. Badiuzzamon Mirzo Sindga, M. M. esa, Astrobodga qochadi. 1509 y. M. M. Astrobodda bedavo dardga uchrab 37 yoshida vafot etadi.