Myuzikl

Myuzikl (ing. musical — musiqali) — asosan, komediya xarakteridagi musiqali sahna asari. Zamonaviy estra- da, maishiy musiqa, raqs, drama va ope- raning ayrim ifoda vositalaridan foy- dalaniladi. 19-a.ning 2-yarmida AQShda yuzaga kelgan (Biknelning «g’amgin muttaham» spektakli, 1866). Ayniqsa, 20-a.da keng rivoj topdi. Rojersning «Oklaxoma» (1943), Louning «Mening go’zal Malikam» (1956), Bernstaynning «Vestsayd voqeasi» (1957), Germanning «Xello, Dolli!»(1964) M.lari butun dunyoga mashhur bo’ldi. Ular jaz musika xususiyatlari, rivojlangan xoreogra- FIK sahnalar, keskin dramatik rivoji b-n ajralib turadi. M.lar O’zbekiston teatrlarida ham qo’yilgan («laman- chlik kishi», M.Li; «serdaromad joy», A. Berlin; «mening go’zal Malikam», F.Lou va b.). O’zbekistonda M., asosan, Bolalar te-atri sahnasida rivojlan- gan. V. Milov («musiqa mamlakati- dagi sarguzashtlar», «Ali bobo va 40 qaroqchi», «Bo’g’irsoq», «ajdaho va nay»), A. Ergashev («tegirmon ustida oftob yarqilaydi», «Ilonqirolicha», «qor ma- likasi»), A. Ikromov («Morozko», «An- dersen ertaklari» va b.), A. Mansurov («Sindbadning sarguzashtlari») kabilar M. yaratganlar.