Napoleon III

Napoleon III, Lui Napoleon Bonapart (1808-73) — Frantsiya imperatori (1852-70). Napoleonning jiyani. Napoleon III Shveytsariya, Italiya va boshqa mamlakatlarda quvg’inlikda hayot kechirgan (1848). 1836 va 1840 yillarda Frantsiyada hokimiyatni qo’lga olishga urinib ko’rgan. 1840 yilda ham qal’asiga bir umr qamoqqa hukm qilingan. 1846 yil Buyuk Britaniyaga qochgan. 1848 yil Fevral inqilobidan so’ng Frantsiyaga qaytib kelgan hamda yirik sarmoyadorlarning diktatorlik rejimiga intilishidan foydalanib, 1848 yil 10 dekabrda respublika prezidenti qilib saylangan. 1851 yil 2 dekabrda inqilobga qarshi davlat to’ntarishi qilib, qonun chiqaruvchi majlisni tarqatib yuborgach, butun hokimiyat prezident qo’liga o’tgan. Napoleon III nomi bilan imperator deb e’lon qilingan (1852 yil 2 dekabr). Frantsiya Napoleon III hukmronligi davrida Qrim urushida, Avstriya-Italiya-Frantsiya urushi (1859) da, Hindixitoy (1858-62), Suriya (1860-61), Meksika (1862-67) va boshqa mamlakatlarga qilingan interventsiyalarda qatnashgan. Frantsiya-Prussiya urushi (sedan jangi)da prusslarga asir tushgan (1870.2.9.) Parijdagi 1870 yil sentabr inqilobi natijasida taxtdan ag’darilgan. Umrining oxirigacha Angliyada yashagan.