Narx pariteti

Narx pariteti — bir tovar narxining boshqa tovar narxiga nisbati. Narx pariteti bir tovarning boshka tovarga qanday miqdorda tenglashuvini, bir tovarni sotishdan tushgan pulga qancha boshqa tovar berilishini bildiradi. Narx pariteti o’zgarishi bozor holatiga bog’liq bo’lganida unga talab-taklif nisbati, xarajatlar, narx bilan raqobatlashuv ta’sir etadi. Davlat narxning ortishi yoki pasayishini cheklab qo’yganda bu bozor holatidan kelib chiqmaganligi sababli Narx paritetida sun’iy siljish ro’y beradi. Narx pariteti o’zgarishiga inflyatsiya ta’sir etadi. Iqtisodiyot uchun eng maqbuli Narx paritetining bozor holatiga qarab o’zgarishidir, chunki bu talab-taklifning o’zgarishini, bozor nimani talab qilishini, nimani ishlab chiqarish nafli bo’lishini bildiradi.