Nasos stantsiyasi
Nasos stantsiyasi – suyuqliklarni yuqoriga ko’tarish uchun mo’ljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasos stantsiyasiga boshqarish apparatlari, elektr Nasos stantsiyasida esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish podstantsiyalari, yig’ish-so’rish va bosim kollektorlari, qo’shimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yong’inga qarshi jihozlar, moy xo’jaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati so’rish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovodi va zulfindan iborat bo’ladi. Meliorativ (sug’orish) Nasos stantsiyasining qo’zg’almas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi Nasos stantsiyasida nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga o’rnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan ta’minlash, suv omborlarini suv bilan to’ldirish, sug’orish inshootlari va boshqalar uchun yirik Nasos stantsiyasi qo’llaniladi. Vodoprovod Nasos stantsiyasi suvni manbadan suv ta’minoti joyiga ko’taruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmog’iga uzatuvchi ko’tarish stansiyalaridan iborat. Kanalizatsiya Nasos stantsiyasi panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday Nasos stantsiyasi yer ustiga va yer ostiga o’rnatiladi. Xalq xo’jaligida Nasos stantsiyasining ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda Nasos stantsiyasi juda qo’l keladi.